Arda Gyuler o‘z kelajagi bo‘yicha muhim qaror qabul qildi

  • 16.10.2026 15:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» yarim himoyachisi Arda Gyuler oʻz kelajagi borasida qaror qabul qildi. Unga Angliyaning yetakchi jamoalari — «Manchester Siti» va «Arsenal»dan jiddiy qiziqish boʻlgan, ammo turkiyalik futbolchi Madrid klubida qolishni maʼqul koʻrdi.

TeamTALK nashri xabariga koʻra, Gyuler «Real» bilan 2031 yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma boʻyicha kelishuvga erishgan. Hozirgi amaldagi bitim esa 2029 yilgacha davom etadi.

Maʼlumotlarga qaraganda, dastlab Arda Angliya premyer-ligasining bir qator yetakchi jamoalari bilan muzokaralar olib borgan. Biroq keyinroq Joze Mourinoning jamoaga kelishi vaziyatni oʻzgartirdi: murabbiy unga muntazam oʻyin amaliyoti va toʻliq ishonch vaʼda qilgan.

Shundan soʻng Gyuler barcha boshqa variantlardan voz kechib, «Real»da qolish va Mourinyo qoʻl ostida oʻzini namoyon etishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!