Argentina Iordaniyani mag‘lub etib, guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunladi

  • 28.06.2026 09:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida Argentina terma jamoasi Iordaniya ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
⠀
Uchrashuvda hisob 19-daqiqada ochildi. Jovani Lo Chelso jarima zarbasini aniq ijro etib, argentinaliklarni oldinga olib chiqdi.
⠀
31-daqiqada Lautaro Martines penalti­ni golga aylantirib, hisobdagi ustunlikni ikki to‘pga yetkazdi. Iordaniya 55-daqiqada Mussa Al-Tamari­ning goli orqali hisobni qisqartirdi.
⠀
Uchrashuvga ikkinchi bo‘limda qo‘shilgan Lionel Messi 80-daqiqada jarima zarbasidan gol urib, yakuniy hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
⠀
Shu tariqa, Argentina guruh bosqichidagi uchala o‘yinda ham g‘alaba qozonib, pley-offga yuqori kayfiyatda yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!