Argentina J guruhida yuz foizlik natija qayd etdi, Avstriya va Jazoir ham pley-offga chiqdi
Argentina terma jamoasi Jahon chempionati J guruhini birinchi o‘rinda yakunlab, pley-offga yo‘l oldi.
⠀
3-turda argentinaliklar Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Lionel Skaloni shogirdlari guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, 9 ochko to‘pladi. Jamoa pley-off yo‘llanmasini ushbu bahsdan avvaloq rasmiylashtirib bo‘lgan edi.
⠀
Iordaniya esa uchta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrab, ochkosiz qoldi va guruhda to‘rtinchi o‘rinni egallagan holda musobaqani tark etdi.
⠀
Guruhning yana bir bahsida Avstriya va Jazoir o‘rtasidagi uchrashuv 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Natijada Avstriya ikkinchi, Jazoir esa uchinchi o‘rinni egallab, har ikki jamoa ham pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
⠀
1/16 finalda Argentina Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi. Avstriya Ispaniya bilan kuch sinashsa, Jazoirning raqibi Shveytsariya bo‘ladi.

Fikrlar