Argentina jahon chempionatidagi mag‘lubiyatdan keyin sud da’vosini tayyorlamoqda

  • 23.07.2026 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) 2026 yilgı jahon chempionati paytida Argentina terma jamoasi va uning futbolchilari haqida yoyilgan, assotsiatsiya fikricha, soxta ma’lumotlar uchun ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga qarshi keng ko‘lamli yuridik kampaniya boshlashga tayyorlanmoqda.

Argentina nashri La Nación ma’lumotiga ko‘ra, AFA tuhmat bo‘yicha sud da’volarini tayyorlamoqda. Da’volar soxta ayblovlar, montaj qilingan tasvirlar, tekshirilmagan bayonotlar va asoslanmagan nashrlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Assotsiatsiya yuristlari allaqachon dalillar to‘plashni boshlagan: skrinshotlar, maqolalar, ijtimoiy tarmoqdagi postlar va boshqa materiallar yig‘ilmoqda.

Xabar qilinishicha, AFA e’tibor markazida yirik ommaviy axborot vositalari, X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntlar, Instagram sahifalari va boshqa platformadagi manbalar bo‘ladi. 

Assotsiatsiya ularni jahon chempionati davomida Argentina terma jamoasini obro‘sizlantirish kampaniyasida ishtirok etgan, deb hisoblamoqda.

Argentina terma jamoasi jahon chempionati finaligacha yetib bordi, hal qiluvchi bahsda esa Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Turnirdan so‘ng jamoa atrofida bir qator shov-shuvli mojarolar kelib chiqdi. Jumladan, final o‘yinidan keyin argentinalik futbolchilarning maydondagi xulq-atvori bo‘yicha FIFA tomonidan tekshiruv boshlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!