
Argentina "JCh-2026"ni yuta olmaydi, "JCh-2022"da ularga omad kulib boqdi, turnir futbol yo‘q joyda bo‘lgandi - Argentina sobiq futbolchisidan keskin fikrlar
Ugo Gatti Argentina terma jamoasining "JCh-2026"da g‘olib chiqishiga ishonmaydi.
- Jamoa hammasini yutdi. Endi muammo motivatsiyani saqlab qolishda bo‘ladi.
Albatta, xato qilayotgan bo‘lay. Biroq o‘ylashimcha, terma jamoa "JCh-2026"da yaxshi natija qayd etmaydi. Ularda endi fundamental futbolchilar bo‘lmaydi. Shuningdek, jamoada kuchli markaziy himoyachilar ham bor edi - Kuti (Kristian Romero) va Otamendi. Kuti hozir tez-tez jarohat olmoqda va buni inobatga olish lozim.
Argentina terma jamoasiga "JCh-2022"da omad kulib boqdi. Agar turnir Argentinada o‘tkazilganida, ular g‘alaba qozonmagan bo‘lardi.
U g‘alaba qozondi. Sababi, turnir futbol yo‘q joyda o‘tdi va Messida jahon chempioni bo‘lish istagi bor edi. Shunday qilib, siz uni dunyodagi eng zo‘r deb ayta olasiz. Bu haqiqat", - dedi Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni.
Fikrlar