
Argentina Polshaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi
JCh-2022 3-turidan o‘rin olgan Polsha - Argentina bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 47-daqiqada Aleksis Makallister uchrashuvda hisobni ochdi. 67-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Xulian Alvares oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, "albisileste" hisobidagi ochkolari sonini 6 taga etkazib olgan holda, o‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar