Argentina terma jamoasi a’zosi: Messi uchun...

  • 04.01.2024 22:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi va Frantsiyaning “Lion” klubi himoyachisi Nikolas Talyafiko Qatarda bo‘lib o‘tgan JCh-2022dagi g‘alaba haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

“Leo Argentina termasi bilan jahon chempionati finaliga chiqqan pallada men terma jamoada o‘ynamaganman, lekin g‘alaba qozona olmadim (Messi Argentina terma jamoasi tarkibida 2014 yilgi Jahon chempionati finaliga qadar etib borgan va Germaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan). Argentinada bundan norozi bo‘lganlar bor edi, chunki vaziyat yomonlashgandi. Men uning uchun va butun Argentina uchun Qatardagi jahon chempionatida g‘alaba qozonishni juda xohlardim. Ko‘p finallardan o‘tib, shunday katta turnirda g‘alaba qozonish unga katta engillik olib keldi”, - dedi Talyafiko.

Eslatib o‘tamiz, Talyafiko JCh-2022da jami oltita o‘yinda qatnashgan. U maydonda 373 daqiqa harakat qilgan. Talyafiko terma jamoadagi debyutini 2017 yilda o‘tkazgan. O‘tgan davr mobaynida u terma jamoa safida barcha turnirlarda 55 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!