Argentina terma jamoasi iyun oyidagi raqiblarini ma'lum qildi

  • 10.04.2026 01:14
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Argentina milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan o‘tkazadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari raqiblarini e’lon qildi.

Argentina futbol assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, "albiseleste" iyun oyida ikki uchrashuv o‘tkazadi. 6 iyun kuni jamoa Gondurasga qarshi maydonga tushsa, 9 iyun kuni Islandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv AQShda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, "JCh-2026"da Argentina amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida jamoa Aljir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi mundial finalida Lionel Skaloni shogirdlari Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi (asosiy vaqt — 3:3).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!