Argentina terma jamoasi xavbeki La Liga klubiga o‘tishga yaqin turibdi
Argentina terma jamoasi va Meksikaning “Amerika” klubi xavbeki Gido Rodriges faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Betis” klubi vakillari Mexikoda 3 kun davomida “Amerika” rahbariyati bilan Rodrigesning transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan va tomonlar bu borada ijobiy xulosaga kelishgan.
Ma’lumot uchun, Rodriges joriy mavsum Meksika chempionatida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar