
Argentinalik futbolchiga 3 mamlakatning top klublari qiziqish bildirmoqda
"Inter" futbolchisi Lautaro Martinesga "kuchli beshlik"ning etakchi jamoalari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya OAVlari xabar berdi.
Hozirda argentinalik forvardni Ispaniyaning "Atletiko", Angliyaning "Chelsi" va Frantsiyaning PSJ klublari jiddiy kuzatmoqda. Futbolchi ham Milanni tark etishga qarshilik bildirmayapti.
Lautaro yakunlangan mavsumda "Inter" bilan A Seriyada kumush medallarga ega chiqdi. Shuningdek, u Italiya kubogi va superkubogida zafar quchdi.
Ma’lumot o‘rnida, Martines yakuniga etgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 49 bellashuvda 25 gol va 4 assist qayd etan.
Fikrlar