Arman Tsarukyan: "Boks MMAdan ham qiyinroq, chunki..."

  • 11.06.2026 16:53
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan boks va MMAni o‘zaro solishtirdi.

"Boks – qiyinroq sport turi, eng murakkabi desam ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki 20 yoshda MMA bilan shug‘ullanib, chempion bo‘lish mumkin, boksda esa bu imkonsiz. Chempionlik darajasiga chiqish uchun 5-6 yoshda boks bilan shug‘ullanishni boshlashingiz kerak", - dedi Arman sobiq jahon chempioni Edriyen Broner bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan 13 iyun kuni Toni Fergusson bilan RAF turnirida bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!