Arman Tsarukyan: “Den Huker — inson sifatida umuman yoqmaydi”

  • 03.11.2025 19:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC jangchisi Arman Tsarukyan yangi zelandiyalik Den Hukerga qarshi kechadigan jang oldidan o‘z shaxsiy munosabatini ochiq aytdi. 

“Menga Huker — aynan inson sifatida — yoqmaydi. Biroq men unga bo‘lgan nafratimni so‘zlar bilan emas, oktagondagi zarbalar bilan chiqartirishga harakat qilaman. Tan olish kerak, garchi Den juda ko‘p gapirsada, diviziondagi ko‘zga ko‘ringan yigitlardan biri. Men avval, uni, keyin esa Iliya Topuriyani engib, nafaqaga chiqarib yuborishni xohlayman. Bu — sportcha qiziqish. Hech qanday shaxsiy adovatim yo‘q!" - dedi Arman.

Ma’lumot uchun, Tsarukyan UFC ning engil vazn reytingida ikkinchi, Huker esa 6 o‘rinda turibdi. Ularning jangi 22 noyabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!