Arman Tsarukyan: "Peddi Pimblett Jastin G’etjini mag’lub etsa, men katta muammoga duch kelaman"
UFC engil vazn toifasi reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan angliyalik Peddi Pimblettning mag‘lub bo‘lishini istamoqda.
"Pimblett Justin Getjini mag‘lub etsa, katta muammoga duch kelaman. Aniqro‘g‘i, Peddi mendan qochishga harakat urinar. UFC va Dana Uayt uni yaxshi ko‘rgani uchun yana-da ko‘proq reklama qilishadi. Aynan shu holatda matchmeykerlar qanday qilib men va Pimblett o‘rtasidagi jangni tashkil eta oladi?!" - dedi Arman "The Ariel Helwani Show" ko‘rsatuvida.
Eslatib o‘tamiz, Peddi Pimblett va Justin Getji to‘qnashuvi 25 yanvar kuni "UFC 324" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar