Arman Tsarukyan UFC ning boshqa vazndagi kamariga ko‘z tikmoqda
UFC engil vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egalab turgan jangchi Arman Tsarukyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Endi Iliya Topuriya bir yilda bitta jang o‘tkazsa kerak. Men esa uni uzoq kutadigan darajada yosh emasman. Agar menga BMF chempionligi uchun imkon berishmasa, boshqa vaznga o‘taman. Ehtimol, bir kun kelib, tutul uchun yarim engil vaznga tushishim mumkin. Agar o‘shanda ham Volkanovskini chempion bo‘lsa, uni osonlikcha finish qilaman", - dedi Arman.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Volkanovski 1 fevral kuni "UFC 325" turnirida Diego Lopesga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar