Arman Tsarukyan mag‘lub bo‘ladi
Iyun oyida Maurisio Ruffidan mag‘lub bo‘lgan Maykl Chendler braziliyalik g‘alabali seriyasini davom ettirishiga ishonmoqda.
"Tsarukyan Maurisioni yengish uchun ajoyib reja tayyorlagan, ammo u buni amalga oshira oladimi? Mana shu haqiqiy savol!
O‘ylashimcha, jang quyidagicha kechadi: Ruffi Armanga "stoyka"da kuchli zarbalar beradi. Tsarukyan esa, shubhasiz, uni parterga o‘tkazishga urinadi, chunki braziliyalik bilan tik oyoqda bellashish juda xavfli.
Menimcha, Ruffi ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra ancha yaxshiroq. Shuning uchun bu bahsda uning g‘alabasiga pul tikaman", - dedi amerikalik Ariel Helvaniga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maurisio va Tsarukyan to‘qnashuvi 19 sentabr kuni "UFC 331" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar