Arman Tsarukyanmi yoki Maurisio Ruffi?

  • 15.09.2026 00:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MMA yulduzi Islom Maxachev taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan va braziliyalik Maurisio Ruffi to‘qnashuvi uchun o‘z prognozlarini bildirdi.

"Menimcha, bu bahsda Arman g‘alaba qozonadi. Boisi Ruffi parterga o‘tkazilsa, nima bo‘lishini ko‘rgandik. Menimcha, birinchi teikdaundan keyin Maurisioda muammolar boshlanadi. Ammo shuni ham unutmaslik kerak, braziliyalik bilan "stoyka" da qolish juda xavfli", - dedi Rossiya vakili "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan va Ruffi qarama-qarshiligi 20 sentabr kuni "UFC 331" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!