Arman Tsarukyanmi yoki Usmon Nurmagomedov?

  • 13.04.2026 14:32
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik promouter Kamil Gadjiev vatandoshlari – Arman Tsarukyan va Usmon Nurmagomedov oʻrtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Usmon yetuklikka erishmagan, hali toʻliq ulgʻaymagan jangchi. Biroq men uni tajriba orttirayotgan istiqbolli sportchi sifatida koʻraman. Agar u bugun Arman bilan toʻqnash kelganida, Tsarukyanni favorit deb hisoblardim. Ammo Nurmagomedov UFC ga kirib, ketma-ket ikki jangda gʻalaba qozonsa, bu toʻqnashuv chindan ham qiziqarli boʻladi", – dedi Gadjiev oʻzining You Tube kanalida.

Eslatib oʻtamiz, Usmon Nurmagomedov oxirgi jangini "PFL Dubai" turnirida oʻtkazib, angliyalik Alfi Devisni 3-raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!