"ArMI-2022". O‘zbekistonlik harbiylar "Tank biatloni" yarim finalida uchinchi natijani qayd etdi
Rossiya federatsiyasi harbiylar ishtirokidagi "ArMI-2022" o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun jamoalar "Tank biatloni" estafetasining yarim finalida bahs olib bordi. Yakunda mezbonlar 1 soat 29 daqiqa 57 soniya natija bilan birinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Belarus 1 soat 47 daqiqa 27 soniya bilan ikkinchi o‘rinni band etdi.
Kuchli uchlikka 1 soat 53 daqiqa 33 soniya bilan O‘zbekiston harbiylari yakun yasab berdi.
Fikrlar