Arne Slot "Liverpul"ga vatandoshini olib kelmoqchi

  • 03.05.2026 17:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" safida oʻynayotgan niderlandiyalik himoyachi Sēm Byokema Angliya Premier-ligasiga koʻchib oʻtishi mumkin.

"Area Napoli" maʼlumotiga koʻra, futbolchiga "Liverpul" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar neapol klubiga transfer boʻyicha taklif yuborgan. Himoyachini jamoaga olib kelish tashabbusi "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot tomonidan ilgari surilgan.

27 yoshli futbolchi Transfermarkt portali tomonidan 25 million yevro deb baholanmoqda. "Liverpul" esa uning transferi uchun 28 million yevro taklif qilgan.

Joriy mavsumda Byokema 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!