Arne Slot: "PSJdan uchralgan mag‘lubiyat biz uchun yaxshi bo‘lgan"

  • 28.01.2026 00:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot o'tgan mavsum Angliya chempionatida qo'lga kiritilgan g'alabani Chempionlar ligasidan nisbatan erta chiqib ketish bilan bog'ledi.

Mutaxassisning fikricha, jamoaning 1/8 finalda musobaqani tark etishi ichki chempionatdagi muvaffaqiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatgan.

"Hozir aytayotgan gapim ommabop fikr bo'lmasligi mumkin, ammo ehtimol, chempion bo'lishimizga PSJ bilan to'qnash kelganimiz sabab bo'lgandir.

Shundan keyin bizda Angliya Premier-ligasi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun butun bir hafta vaqt paydo bo'ldi", — dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!