Arne Slot Salohning golsiz seriyasiga izoh berdi

  • 24 oktabr, 16:09
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Muhammad Salohning 6 o‘yindan beri davom etayotgan golsiz seriyasi haqida fikr bildirdi. Mutaxassis misrlik hujumchini Chempionlar ligasi doirasidagi "Ayntraxt"ga (5:1) qarshi o‘yinda zaxirada qoldirgandi.

Tecno

"Men aslo xavotirda emasman. Eng muhimi  Saloh har doim bizning klubimiz uchun gol urib kelgan", — dedi Slot.

"Meni eng kam tashvishga soladigan narsa — u yana gol ura boshlaydimi yoki yo‘qmi. Chunki u butun faoliyati davomida shunday qilgan va men undan yana o‘sha natijani kutaman", — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Ma’lumot uchun, "mersisaydliklar" 25 oktyabrdan 26 oktyabrga o‘tar kechasi APLning 9-turida "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!