Arne Slotni yana APL superklubiga chaqirishyapti
Angliyaning “Tottenxem” klubi Arne Slotni bosh murabbiylik lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida ESPN xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi Roberto De Dzerbi o‘rniga niderlandiyalik mutaxassisni taklif qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Arne Slot 2023 yilda Angelos Postekoglu “Tottenxem” bosh murabbiyi etib tayinlanishidan oldin ham ushbu lavozimga asosiy nomzodlardan biri bo‘lgan.
Angliya Premier-ligasining dastlabki oltita turidan keyin birorta g‘alaba qozonmagan holda “Tottenxem” atigi uch ochko jamg‘ardi va turnir jadvalining quyi pog‘onalarida bormoqda.

Fikrlar