Arsen Venger jahon chempionatida qaysi terma jamoa favorit ekanligini aytdi

  • 05.12.2025 13:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger bo‘lajak - 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoriti kim bo‘lishini ma’lum qildi. Vengerning so‘zlariga ko‘ra, Frantsiya terma jamoasi turnirda g‘alaba qozonish uchun eng katta imkoniyatga ega.

"Men imkon qadar xolis bo‘lishga harakat qilaman, biroq Frantsiya bir sababga ko‘ra asosiy favorit: unda boshqa har qanday mamlakatga qaraganda ko‘proq jahon darajasidagi hujumchilar bor. Bu esa juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi", - deya Vengerning so‘zlarini keltiradi The Independent nashri jurnalisti Migel Dileyni X ijtimoiy tarmog‘ida.

2026 yilgi jahon chempionati finali Nyu-York chekkasidagi "Ist-Raterford"dagi "Metlayf" stadionida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!