Arsen Venger: "Virts va Isakka vaqt kerak"
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Liverpul"ning yulduz futbolchilari — Florian Virts va Aleksandr Isak haqida fikr bildirdi.
"Ba’zan futbolchiga vaqt kerak bo‘ladi. Isak va Virtsda shubhasiz iqtidor bor. Biroq hozircha ular eng yaxshi holatida emas. Ular jamoada o‘ynab, o‘z sadoqatini namoyon etishi kerak. Shundan keyin ishonch paydo bo‘ladi", — dedi frantsuz mutaxassisi "Sports Illustrated" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasini yirik hisobda — 5:1 hisobida mag‘lub etdi.
Fikrlar