"Arsenal" 100 million yevroga baholangan "Barsa" futbolchisini olmoqchi
Xarajatsiz muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi
«Barselona»ning yosh himoyachisi Xavi Espart faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida insayder Ekrem Konur Caught Offside manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga Angliya premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Jumladan, Londonning «Arsenal» va «Tottenxem» jamoalari Espartning o‘yinlarini yaqinidan kuzatib bormoqda.
«Barselona» rahbariyati esa yosh himoyachi uchun 100 million yevro atrofida to‘lov talab qilayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Espart yaqinda kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirgan edi. Yangi kelishuv 2030 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumoticha, himoyachining joriy bozor qiymati 25 million yevroga baholangan.

Izohlar (0)