
"Arsenal" 27 yillik antirekordini takrorladi
Kecha tunda "Arsenal" Evropa ligasi guruh bosqichi doirasida "Ayntraxt"ga qarshi maydonga tushdi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu bahsdan so‘ng Unai Emeri jamoasi barcha turnirlardagi g‘alabasiz seriyasini ettitaga etkazib olishdi. Oldinroq, londonliklar 1992 yil Jorja Grema qo‘l ostida shunday natijani qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" so‘nggi bor 24 oktyabrda Evropa ligasi doirasida "Vitoriya"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar