“Arsenal” 80 millionlik boshog‘riqdan qutilolmayapti

  • 7 sentabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” klubi mutasaddilari ivuarlik hujumchi Nikolya Pepe transfer bo‘yicha “Beshiktosh” bilan bir to‘xtamga kela olmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar muzokaralarni hamon davom ettiryapti. Biroq kelishuv amalga oshganicha yo‘q.

Shunga qaramay, Pepening o‘zi “Beshiktosh” safiga qo‘shilishga rozilik bergan va yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan ham o‘tib bo‘ldi.  

“Arsenal” bu hujumchini 2019 yili 80 million evroga “Lill”dan xarid qilgandi. Qimmatbaho transfer o‘zini oqlamadi.

Nikolya Pepe o‘tgan mavsumda ijara asosida “Nitstsa” uchun o‘ynagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!