“Arsenal” 90 millionga futbolchi oladi

  • 25.05.2026 05:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler anchadan beri Evropaning grand klublari e’tiborini oʻziga qaratib kelmoqda.

Xususan, Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan Londonning “Arsenal” klubi transfer maqsadlari roʻyxatiga Gyulerni ham kiritdi. Angliya grandi rahbariyati vakillari orasida 21 yoshli futbolchining iqtidorini yuqori baholayotgan mutasaddilar koʻp.

Transfer News Live va El Nacional kabi nufuzdi manbalarning xabar berishicha, “toʻpchilar” Arda Gyulerni olish uchun madridliklarni 90 million evrolik taklif bilan “sinab koʻrishi” mumkin.

“Kanonirlar” bosh murabbiy Mikel Arteta Arda Gyulerni oʻzining loyihasiga juda mos tushadi, deb hisoblamoqda.

Transfermarkt portali Arda Gyulernig qiymatini ham 90 million evro deb baholagan. Joriy mavsumda futbolchi “Real” safida barcha musobaqalarda 50 ta oʻyinda oltita gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!