“Arsenal”: Al’vares kelmasa, jahon chempionatida gol urgan hujumchini olamiz!
Jahon chempionatida Ispaniya milliy terma jamoasi safida munosib o‘yin ko‘rsatgan “Real Sosyedad” hujumchisi Mikel Oyarsabal Londonning “Arsenal” klubi qiziqish doirasiga tushdi.
“To‘pchilar” uchun asosiy transfer maqsadi hamon Madriddning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares hisoblanadi.
Biroq argentinalik futbolchini jamoaga jalb qilish qiyin bo‘lishi mumkinligi sababli, Angliya grandi ispaniyalik hujumchi variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
29 yoshli Oyarsabal “Real Sosyedad”da o‘zini baxtli his qilmoqda, ammo klubini almashtirish ehtimolini ham istisno qilmayapti.
Uning shartnomasida 75 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Transfermarkt portali esa hujumchining bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.
Yaqinda Mikel Oyarsabal Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatida beshta gol urdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Fikrlar