“Arsenal” APL tarixidagi noyob natijaga erishdi
Londonning “Arsenal” klubi 2004 yildan so‘ng ilk bor Angliya chempioniga aylandi. Mikel Arteta shogirdlari 38 tur davomida 85 ochko to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan “Manchester Siti” esa 7 ochko kam jamg‘ardi.
The Athletic nashri e’tibor qaratgan qiziq statistikaga ko‘ra, “Arsenal” APL tarixida bir mavsumni qizil kartochka va o‘z darvozasiga belgilangan penal’tisiz o‘tkazgan ilk jamoaga aylandi.
Endi londonliklarni oldinda muhim bahs kutib turibdi. 30 may kuni “Arsenal” Chempionlar ligasi finalida PSJ'ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar