"Arsenal" Arteta bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi

  • 10.04.2026 13:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan hamkorlikni davom ettirish va yangi shartnoma tuzishni istamoqda. Bu haqida "BBC" jurnalistlari xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi ispaniyalik mutaxassis bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Mikel Arteta 2019 yildan buyon "Arsenal" jamoasini boshqarib kelmoqda.

Amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. Shu bois, klub uning faoliyatini uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda "Arsenal" Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Chempionlar ligasi musobaqasida London jamoasi chorak finalga chiqib, birinchi o‘yinda "Sporting" ustidan 1:0 hisobida minimal g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!