“Arsenal” ashaddiy raqib – “Siti” rejasini barbod qilmoqchi
Angliya Premier-ligasida g‘olib chiqishga yaqin turgan “Arsenal” transfer bozorida ham ashaddiy raqib – “Manchester Siti”ga zarba bermoqchi.
Londondiklar yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini kuchaytirish uchun jamoaga “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonni taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.
- 23 yoshli futbolchini anchadan beri “Manchester Siti” olishni rejalashtirib yuribdi. Bundan tashqari, iqtidorli o‘yinchiga “Chelsi” ham da’vogar, - deb ma’lumot tarqatdi Caught Offside nashri.
Manbaga ko‘ra, “o‘rmonchilar” Anderson transferi uchun 100 million funt sterlingdan (115 million yevro) ortiq mablag‘ talab qilmoqda.
Joriy mavsumda Anderson barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.
Fikrlar