“Arsenal”: Baribir shu futbolchini olamiz”

  • 28.06.2026 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Daily Mail nashri xabar berishicha, “Arsenal” vositachilar orqali “Nyukasl”dan braziliyalik futbolchi Brunu Gimarains bo‘yicha birinchi taklifiga rad javobini olgan.

Shunga qaramay, “kanonirlar” taslim bo‘lish niyatida emas va braziliyalik yarim himoyachi uchun ikkinchi taklifni tayyorlamoqda.

Manba ta’kidlashicha, “Nyukasl”ning pozitsiyasi o‘zgarmaydi va klub 28 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni istamayapti.

Transfermarkt portali Brunu Gimarainsning bozor qiymatini 70 million yevro deb baholaydi.

Uning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2027/28 yildgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!