Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Arsenal» «Bayer» hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Arsenal» 20 yoshli «Bayer» hujumchisi Kristian Kofanni qishki transfer oynasida sotib olishga jiddiy qiziqmoqda.

«Bayer» hujumchisi Kristian Kofan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida Sport Witness xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kamerunlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan «Arsenal» manfaatdor. London klubi transferni yanvar oyidayoq amalga oshirishni rejalashtirmoqda. «Kanonirlar» 20 yoshli futbolchining transferga munosabatini bilish uchun uning vakillari bilan allaqachon bog‘langan.

Kristian Kofan joriy mavsumda «Bayer» safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q