“Arsenal” besh nafar futbolchini sotuvga qo‘yadi

  • 11.04.2026 10:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini tartibga solishni rejalashtirmoqda.

“Kanonirlar” rahbariyati bosh  murabbiy Mikel Arteta boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda kamida besh nafar futbolchi bilan xayrlashadi.

O‘tgan yozda londonliklar tarkibni kuchaytirish uchun taxminan 250 million funt sarflagan edi. Endi esa, Premier-liga va UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish uchun klub bir qator futbolchilarni sotishga majbur bo‘lmoqda.

BBC ma'lumotiga ko‘ra, “Arsenal” himoyachi Mayls Lyuis-Skelli va qanot hujumchisi Itan Nvanerini sotishga tayyor.

“Kanonirlar” ushbu ikki tarbiyalanuvchisi uchun kamida 100 million funt ishlab olishni rejalashtirgan.

Shuningdek, klub himoyachi Ben Uayt va hujumchilar Gabriyel Martinelli hamda Gabriyel Jezusni ham transferga qo‘yadi.

Biroq bosh murabbiy Mikel Arteta shartnomasining so‘nggi yillariga yaqinlashayotgan Martin Edegorning o‘yinida pasayish kuzatilayotgan bo‘lsa-da, uni tarkibda saqlab qolishni istashini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!