“Arsenal” bu futbolchini jamoadan yo‘qotmoqchi

  • 21.05.2026 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasida muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan “Arsenal” rahbariyati jamoada bir mavsum o‘tkazgan tayanch yarim himoyachisi Kristian Nörgordan qutilmoqchi.

Jurnalist Gэri Jeykob ma’lumotiga ko‘ra, “to‘pchilar” 32 yoshli daniyalik futbolchini yozgi transferlar oynasi davrida sotib yuborishga tayyor.

O‘tgan yozda “Brentford”dan kelganidan beri Nörgоr Premier-ligada “Arsenal” safida atigi 56 daqiqa o‘ynadi, ammo boshqa turnirlarda ishtirok etdi.

Barcha musobaqalarni hisoblaganda, Nörgоr 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta golli uzatma amalga oshirgan.

Futbolchining “Arsenal” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Shunday bo‘lsa-da, tajribali yarim himoyachi “kanonirlar”ga kerak ekanini isbotlay olmadi.

Transfermarkt ekspertlari uning transfer qiymatini yetti million yevro deb baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!