"Arsenal" byudjet bilan bog‘liq muammolar tufayli yetakchilardan biri bilan xayrlashishi mumkin

  • 06.03.2026 16:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi byudjetni normalashtirish uchun asosiy tarkib futbolchilaridan birini sotib yuborishi mumkin. Bu haqida The Telegraph xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "kanonirlar" 300 million evrodan ortiq bo‘lgan yirik xaridlarning moliyaviy oqibatlarini bartaraf etish uchun yaqin yozda kamida bitta katta futbolchi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. "Arsenal"ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Martin Edegor va Gabriyel Martinelli borligi aytilmoqda.

Bu mavsumda Edegor barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Martinelli hisobida 37 ta o‘yin, 11 ta gol va uchta assist mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!