"Arsenal" "Chelsi"ning yana bir etakchi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino yozgi transferlar oynasi yopilguncha boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli italiyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqib qolgan. “Kanonirlar” Tomas Partey ("Atletiko") va Ussem Auarni ("Lion") sotib ololmagan taqdirda, aynan Jorjinoga umid bog‘lamoqda.
Londonliklar ustozi Mikel Arteta uning “Arsenal”ni kuchaytirishiga ishonmoqda.
Jorjino “Chelsi”ga 2018 yil “Napoli”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida roppa-rosa 100 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar