"Arsenal" chempionlik paradida tarixiy rekord qayd etdi

  • 31.05.2026 21:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning shimoliy qismida "Arsenal"ning Angliya Premier-ligasidagi chempionligiga bag‘ishlangan tantanali parad bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bayram tadbiriga 1,5 millionga yaqin muxlis tashrif buyurgan. Bu esa Angliya futboli tarixidagi chempionlik paradlari orasidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylangan "kanonirlar" APL kubogini ochiq tomli avtobuslarda muxlislarga namoyish qildi.

Tantanalar yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishi mumkin edi, ammo bir kun avval Mikel Arteta shogirdlari Chempionlar ligasi finalida PSJga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi.

Shunga qaramay, "Arsenal" muxlislari o‘z jamoasining uzoq kutilgan chempionligini katta shodu-xurramlik bilan nishonladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!