“Arsenal” chempionlikni ushlab qolishi uchun Artetaga yangi o‘yinchilar kerak

  • 07.08.2026 11:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta yaqin vaqt ichida klub sifatli yangi futbolchilarni oʻz safiga qoʻshishiga umid bildirdi.

Bu yozda “Arsenal” hozircha jiddiy kuchayishga erishgani yoʻq. Jamoa faqat erkin agent Illan Melenni zahira darvozaboni sifatida jalb qildi hamda klubni tark etgan Leandro Trossar oʻrniga Xristos Tsolisni xarid qildi.

Shunga qaramay, Arteta Premier-liga chempionligidan keyin tarkibni yanada kuchaytirish boʻyicha klub rahbariyati bilan bir fikrda ekanini taʼkidladi.

- Juda koʻp ishlar amalga oshirilmoqda. Bu transferlar oynasining oʻziga xos jihatlarini hammamiz yaxshi tushunamiz. Klub egalaridan tortib, direktorlar kengashi, sport direktori va mengacha – hammamiz klubni yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun nimalar kerakligini yaxshi bilamiz. Buning uchun tarkib yanada kuchliroq va sifatliroq boʻlishi lozim.

Biz qaysi yoʻnalishlarda oʻsish, rivojlanish va oʻyinimizni yaxshilash mumkinligini aniqlab oldik. Endi shu maqsadlarga erishishimiz kerak.

Umid qilamanki, yaqin orada buni aniq amaliy qadamlar bilan tasdiqlaymiz, -  dedi Mikel Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!