Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Arsenal" Dьёkeresh o'rniga hali tanilmagan hujumchini tanladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻrdan zoʻr chiqaveradi

«Monca» jamoasi hujumchisi Gustavo Varela Londonning «Arsenal» klubi diqqat markaziga tushdi.

Arsenal Radar nashrining yozishicha, «kanonirlar» skautlari 21 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘yinlarini yaqinidan kuzatib bormoqda. Varela joriy mavsumda rasmiy uchrashuvlarda yettita o‘yinda sakkizta gol urib, o‘zini yorqin namoyon qildi. 

Shu boisdan «Arsenal» rahbariyati unda Viktor Dyokereshga ehtimoliy almashuv sifatida ko‘rayotgani aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, yosh forvard bo‘yicha rasmiy muzokaralar qishki transfer oynasi, ya’ni yanvar oyidayoq boshlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Monca» Gustavo Varelaning o‘tgan yozda «Benfika» klubidan 2,5 million yevro evaziga sotib olgan edi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha futbolchining bozor qiymati 5 million yevro atrofida baholanmoqda. Biroq mutaxassislar uning bu kabi o‘yini davom etsa, narxi tez orada keskin oshishini taxmin qilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q