
Obameyang “Arsenal”ni qattiq qiynayapti
“Arsenal” rahbariyati Per-Emerik Obameyang masalasida echim topa olmayapti.
Garchi londonliklar gabonlik hujumchiga o‘rtadagi shartnomani yana ikki yilga uzaytirish taklifini bergan bo‘lsa-da, Obameyang bunga ko‘ngani yo‘q.
Mohir hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi. Agar “Arsenal” hujumchini yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirolmasa yoki shu yil yozda sotib yubormasa kelasi yili hujumchidan ham, transfer summasidan ham quruq qoladi.
Shuning uchun londonliklar rahbariyati Obameyangni hech bo‘lmasa, 20 million funtga bo‘lsa ham sotib yuborish tarafdori. Futbol amaliyotida bir yillik shartnomaga ega o‘yinchilar uchun ko‘pchilik katta pul tikmaydi.
Obameyang joriy mavsumda APLda 26 ta o‘yinda 17 ta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar