"Arsenal" Edegor bo‘yicha muhim qaror qabul qildi
Masalani yopish kerak
Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati jamoa sardori va yarim himoyachisi Martin Edegorning hozirgi o‘yinlaridan mamnun.
Teamtalk nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, «kanonirlar» norvegiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni o‘z oldilariga asosiy vazifa qilib qo‘ygan. Hozirgi mehnat kelishuvi 27 yoshli futbolchi va ingliz grandi o‘rtasida 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Skandinav futbolchisining transfer bahosi taxminan 80 million yevro atrofida baholanmoqda.
Martin joriy mavsum Angliya premer-ligasida yetti o‘yinda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir marta ogohlantirish kartochkasi oldi.

Izohlar (0)