"Arsenal” yetakchisi bilan shartnoma uzaytirdi

  • 17.02.2026 23:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bukayo Saka “Arsenal” bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kelishuvga koʻra, 24 yoshli vinger haftasiga 300 ming funt sterling oladi va “kanonirlar”ning eng koʻp maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Shartnomaning amal qilishi muddati 2031 yilning yozigacha moʻljallangan.

Saka bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralar bir yilga yaqin davom etdi. Ogʻzaki kelishuvga yanvar oyida erishildi.

Bukayo joriy mavsumda barcha musobaqalarda 33 ta oʻyinda 7 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!