Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Arsenal» e’tiborini yana Vinisiusga qaratdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Arsenal» Vinisius Zhunior transferi bo‘yicha muzokara boshlash uchun o‘z vakillarini Madridga yuborishni rejalashtirmoqda.

«Arsenal» braziliyalik hujumchi Vinisius Zuniorga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar yaqin kunlarda o‘z vakillarini Madridga yuborishni rejalashtirmoqda. Ularning asosiy vazifasi — Vinisiusning «Real»dagi holati va kelajagiga oyidnlik kiritish. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta braziliyalik futbolchi «Emireyts»ga ko‘chib o‘tish imkoniyatini qay darajada ko‘rib chiqishga tayyorligini bilib olishni istamoqda. Agar Vinisius bunday variantga ochiq ekani ma’lum bo‘lsa, «Arsenal» transfer bo‘yicha muzokaralarga faol kirishishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi, bir bor gol urdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q