“Arsenal” finaldagi mag‘lubiyatdan keyin o‘zgarishlarga dahshatli summa sarflaydi

  • 31.05.2026 17:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya chempionati gʻolibi “Arsenal” UEFA Chempionlar ligasi finalidagi magʻlubiyatga javob sifatida transferlarga 300 million funt sterling (345 million yevro) sarflashni rejalashtirmoqda.

Bu haqida jurnalist Jeymi Dikenson X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, “toʻpchilar”ga allaqachon ikki futbolchini xarid qilish uchun 175 million funt (200 million yevro) ajratilgan.

London klubiga olib kelinishi kutilayotgan yangi ijrochilar Morgan Rojers (“Aston Villa”) va Eli Krupi (“Bornmut”) ekani aytilmoqda.

Shuningdek, klub taxminan 100 million funt (115 million yevro) daromad topsa, rahbariyat himoya va yarim himoya chizigʻini kuchaytirish uchun yana 125 million funt (145 million yevro) ajratishga tayyor.

30 may kuni London jamoasi Chempionlar ligasi finalida PSJga magʻlub boʻldi (1:1, penaltilar seriyasida 3:4 hisobi qayd etildi). Shu tariqa, “Arsenal” mavsumni faqatgina bir sovrin – APL chempionligi bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!