"Arsenal" futbolchisi APL tarixiga kirdi

  • 15.03.2026 16:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Kechа APLning 30-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu turda "Arsenal" o‘z uyida "Everton"ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. "Kanonirlar" safida gollarga Viktor Dyo’keresh hamda Maks Dauman mualliflik qildi. 

Londonliklar futbolchisi Maks Douman bu goli bilan APL tarixidagi gol kiritgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. Vinger APLda 16 yosh-u 73 kunligida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, Arteta shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng turnir jadvalida birinchi o‘rinni mustahkamlab, "Manchester Siti" bilan oradagi farqni 9 ochkoga yetkazdi. Biroq, Gvardiola jamoasining zahirasida bitta o‘yin bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!