
"Arsenal" futbolchisi Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Eynsli Meytlend-Naylz faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga yaqin turibdi.
24 yoshli angliyalik futbolchini "Roma" o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Jurnalist-insayder Janluiji Longarining xabar berishicha, "bo‘rilar" futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan va endi faqatgina “kanonirlar”ni ko‘ndirish qolgan xolos.
Meytlend-Naylzning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 12 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsum London klubi safida 11 ta o‘yind maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar