"Arsenal" futbolchisi yozda A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

  • 11.02.2026 00:08
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus yozda jamoani tark etib, A Seriyaga yo‘l olishi kutilmoqda.

"Tuttosport" nashri xabar berishicha, braziliyalik forvardning xizmatlariga "Milan" jamoasi qiziqish bildirmoqda. "Rossonerilar" Jezusni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilganni aytilmoqda.  

28 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 20 million evroni tashkil etadi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi mavsumning boshini jarohat sabab o‘tkazib yuborib yaqinda safga qaytishga erishdi. Jezus safga qaytgandan so‘ng 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!