"Arsenal" futbolchisida koronavirus aniqlangani bois o‘yin bekor qilindi

  • 09.05.2020 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Belarusda futbol bo‘yicha Birinchi divizionning dastlabki turidan o‘rin olgan "Gomel" - "Arsenal" uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi.

Mamlakat futbol federatsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu o‘yin “Arsenal” futbolchilaridan birida koronavirus aniqlangani bois bekor qilingan. Aslida, ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs 10 may kuni Gomel shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Hozirda Belarus chempionati Evropada o‘tkazilayotgan yagona futbol musobaqasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!